Biz haqimizda

2016-yilda tashkil etilgan «YQS» MChJ yong‘in o‘chirish texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish, yong‘in va qo‘riqlash signalizatsiyasi tizimlarini, suvli, gazli va ko‘pikli yong‘in o‘chirish tizimlarini, videokuzatuv va kirishni nazorat qilish tizimlarini, yong‘indan himoya qilish tizimlari va vositalarini o‘rnatish, yerosti va yerusti avtoturargohlarida navigatsiya va to‘lov tizimlarini o‘rnatish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash, binolarni avtomatlashtirish va elektron tizimlarni joriy etish, bir nechta tizimni yagona operativ tizimga integratsiya qilish, “Aqlli uy” tizimini o‘rnatish, turar joy binolari, davlat binolari va tijorat obyektlarini ushbu uskunalar va tizimlar bilan jihozlash faoliyatini amalga oshiradi.